Koreya Respublikasi hukumati “pora” iborasiga aniqlik kirituvchi qonunni qabul qildi. Uni mamlakat bosh vaziri Xvan Gyo An Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi chog‘ida imzolagan, deya yozmoqda "Kun" nashri.
Davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi yangi qonunga muvofiq, jurnalistlar va maktab o‘qituvchilari 50 ming vondan (45 dollarga yaqin) qimmat hadyalar olishi, restoranlarda 30 ming vondan ortiq (27 dollar) tamaddi qilishi va motam yoki bayram munosabati bilan 100 ming vondan ortiq (90 dollar) pul mablag‘i olishi taqiqlanadi. Shu bilan birga, hukumat mulozimlarining ustozlik faoliyati uchun yirik maosh to‘lanadi. Xususan, davlat mulozimi bir akademik soat ma’ruzasi uchun 500 ming von (450 dollar) oladi.
"Bu qonun Koreya respublikasida yanada demokratik va shaffof jamiyat barpo etishga imkon beradi", - deb qayd etgan Xvan Gyo An.
U, shuningdek, hukumat qonun tufayli mahalliy tadbirkorlar, birinchi galda qishloq xo‘jaligi kompaniyalariga etkaziladigan zararlarni kamaytirish uchun harakat qilishini ta’kidlagan.
Gap shundaki, Janubiy Koreyada turli tantana va bayramlarda qimmat narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oliy sifatli guruch, marmar go‘sht, eksklyuziv choy kabilarni hadya qilish an’anaga aylangan. Qonunni qoralovchilarning aytishicha, ushbu hujjat mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan