Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Y.B. xususiy korxonasi tomonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelayotgan savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 138,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Ishtixon va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YATT A.T.ning savdo do‘koni va S.k. oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 103,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Shuningdek, Ishtixon tuman ETK Elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish bo‘limi sobiq boshlig‘i S.K. YATT A.T.ning do‘koniga elektr hisoblagich o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, S.K. tomonidan 1 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi