11:48 / 14.05.2024
499

Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeriga javob qaytardi

Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeriga javob qaytardi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning mamlakatga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi kerakligi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

Volodin plenar majlisda Rossiyaga ishga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi, mamlakat an’analari va madaniyatini hurmat qilishi kerakligini ta’kidlagan.

"So‘zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O‘zbekistonda yashayotgan ruslarni o‘zbek tilini bilishlari shart emas degani emas!

O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart.

Qonunlarimizda bosqichma-bosqich bog‘cha va boshlang‘ich ta’limda boshqa millatli vatandoshlarga o‘z ona tili va qadriyatlarini o‘rganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, o‘zbek tili majburiy o‘rganadigan til sifatida belgilanishi kerak.

O‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishishimiz kerak
", — dedi bunga javoban Alisher Qodirov.

Bundan oldin Alisher Qodirov ta’lim va televideniyeda rus tilidan foydalanishni qisqartirish taklifini bergan edi. O‘shanda u 3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun ta’lim va televideniyeda rus tili nomutanosib darajada ko‘pligini ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeriga javob qaytardi