“Boxo zavxoz” va “Terminator” laqablari bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda u bilan bir ish doirasida qamoqqa olingan “Navoiy avtosavdo” MCHJ ta’sischisi Niyoz Ibodovga 16 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bahodir Sultonov hamda Niyoz Ibodov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmi bilan Bahodir Sultonovga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Shuningdek, sud hukmi bilan Bahodir Sultonov o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan.
Niyoz Ibodovga esa 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
20 mlrd so‘mlik tahdid
Niyoz Ibodov “Navoiy avtosavdo” MCHJda 61,20 foiz ulushga egalik qilgan. MCHJning 32,70 foiz ulushi esa Sardor G‘afforovga tegishli bo‘lgan.
Aytilishicha, Niyoz Ibodov o‘zining jiyani bo‘lgan Sardor G‘afforovni “Navoiy avtosavdo” MCHJdagi ulushidan voz kechtirish bo‘yicha Bahodir Sultonovga murojaat qilgan. Sultonov, Niyoz Ibodov va boshqa noma’lum shaxslar 2023 yilning iyun oyi boshlarida bir guruhga birlashib, ishni “hal qilish” uchun oldindan jinoiy til biriktirgan.
Guruh a’zolari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan ofisga Sardor G‘afforovni chaqirib, undan avtosalondagi 20 milliard so‘mga teng ulushini 200 ming AQSH dollari evaziga Niyoz Ibodov nomiga o‘tkazib berish haqida do‘q-po‘pisa qilib, agar ulushni o‘tkazib bermasa, jismonan yo‘q qilib yuborishni aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi