16:06 / 26.05.2024
87

Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pul evaziga til sertifikatini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pul evaziga til sertifikatini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pul evaziga til sertifikatini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan.

Jumladan, departamentning Buxoro tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J.ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishi evaziga 2 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro A.B.ni tanishlari yordamida “TOEFL iBT” nomli "C1 " sertifikatini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 1 800 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pul evaziga til sertifikatini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi