Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Yollama” bojxona posti oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro D.M. (muqaddam sudlangan) noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 15,6 ming quti “Metakandid” va “Asiprobankt” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini fuqaro M.A.ga 36 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.Q. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tibbiy buyum hisoblangan Goodlife nomli infuzion eritmalarni quyishda foydalaniladigan 155 qutidagi jami 123 ming 456 dona “sistema”larni fuqaro X.A.ga 200 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar