53
Toshkent viloyatida 4 sotix yerni sotishga uringan hokim yordamchisi va uning sherigi ushlandi
Foto: IIV matbuot xizmati
IIV tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik va pora berishga dalolat qilish holati aniqlandi.
Qayd etilishicha, 18 aprel kuni Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 40 yoshli shaxs 38 yoshli fuqarodan 5 ming dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.
U Yangiyo‘l tumanidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydonidan 4 sotixini mansabdor tanishi orqali kelgusida rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 20 ming dollarga sotishga kelishgan holda oldindan bo‘nak (avans) sifatida olgan 5 ming dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida uning mansabdor tanishi 1973 yilda tug‘ilgan Yangiyo‘l tumanida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar shaxs qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi