To‘rt fasl to‘kis bo‘lgan yurtimizda yoz mavsumi boshlanmoqda. Tabiiyki, bu davrda turli vitamin va minerallarga boy sarxil mevalar pishib yetiladi. Qolaversa, ushbu faslda aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida avj oladigan mavsumiy kasalliklar bor. Ulardan biri — o‘tkir diareyadir. SSV bu borada ogohlantiruvchi ma’lumotni e’lon qildi.
— O‘tkir diareya – xalq orasida ichburug‘, ich og‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanadi, — deydi Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Shaxlo Isamuxammedova. — U ichaklarni bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Ichning kuniga 3-4 martadan ko‘p kelishi o‘tkir diareya deyiladi.
Kasallikning 2 ta turi bor. Bular infeksion va noinfeksion turlari hisoblanadi. Xastalik kelib chiqishiga ko‘pincha gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik sabab bo‘ladi. Qolaversa, ichburug‘ yozning issiq kunlarida ochiq havoda qolgan taom va yeguliklar, jumladan, sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, bolalar ko‘chadan uyga kirgach va taomlanishdan avval qo‘llarini sovunlab yuvishni unutadi. Shu bilan birga, ho‘l meva-sabzavotlarni iste’mol qilishdan avval ularni yaxshilab chayish ham kichkintoylarning doimo hayoliga kelavermaydi. Oqibatda og‘iz orqali organizmga tushgan bakteriya va viruslar ichburug‘, dizenteriya, salmonellyoz kabi o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini qo‘zg‘atadi.
Ya’ni organizmdagi bakteriya va viruslar ichak shilliq qavatini yallig‘laydi va ulardan ajralgan toksinlar qonga so‘rilib, butun tanani zaharlaydi. Oqibatda 2 soatdan 2 kungacha bo‘lgan inkubatsion davrda diareyaning ilk belgilari namoyon bo‘ladi.
Qolaversa, ichburug‘ ovqatdan zaharlanish, shuningdek xatarli patologiyalar, xususan, surunkali gepatit, pankreatit va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklarining alomati bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, ayrim dori vositalari hamda sut va sut mahsulotlarida bo‘ladigan laktoza, tabiiy meva, asaldagi va ayrim ichimliklarga qo‘shiladigan fruktoza uglevodlarini iste’mol qilish ham ich ketishiga sabab bo‘ladi.
Bo‘sh, suvli ich kelishi, unda qon bo‘lishi, qorin talvasalari, ya’ni g‘urillashi, og‘rig‘i, dam bo‘lishi, yuqori tana harorati, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish kabilar kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi