13:40 / 08.06.2024
91

Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi

Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shasxlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.T. jami 4 ming dollarni fuqaro M.A.ga 55,9 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 4,5 ming dollar, 5 ming Rossiya rubli, 1 150 Qirg‘iz somi va 73 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Ch.D. va Ch.Z. jami 3,5 ming dollarni fuqaro X.K.ga 44,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Nishon tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.T. jami 3 ming dollarni fuqaro B.T.ga 38 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi