© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Bugun Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi forum boshlandi, deb yozmoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Forumda BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, YEXHT, Yevropa Ittifoqi, IHT, SHHT, MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasining yuqori darajali vakillari, 200 nafardan ortiq xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etmoqda.
Sherzod Asadov prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ekologik tahdidlar: o‘zgarayotgan dunyoda inson huquqlarining istiqboli va barqaror yechimlarni izlash” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu anjuman ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi.
© O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Davlat rahbari inson huquqlari sohasidagi eng dolzarb muammolarga bag‘ishlangan Samarqand forumlarini o‘tkazish yaxshi an’ana tusini olganini ta’kidladi.
“Global iqlim o‘zgarishi oqibatida sayyoramizda keskin ekologik vaziyat yuzaga keldi. Ichimlik suvi taqchilligi, atrof-muhit ifloslanishi, tuproq yemirilishi, kuchli chang va qum bo‘ronlari, bioxilma-xillikning yo‘qolishi, qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishi kabi muammolar tobora avj olmoqda. Barcha qit’alarda va mamlakatlarda bu jarayonlarning salbiy ta’siri yanada kuchayib bormoqda. Ayniqsa, havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p bo‘lgan va Orol fojiasini boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida buning oqibatlari yaqqol sezilmoqda”, — deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, ekologik inqiroz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi eng asosiy to‘siq va tahdidga aylandi. Global miqyosda qashshoqlik bilan bog‘liq muammolar ko‘paymoqda, insonning sog‘liq, toza suv, oziq-ovqat va uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash xavf ostida qolmoqda. Bundan avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, ayollar va bolalar jiddiy aziyat chekmoqda.
“Albatta, iqlim o‘zgarishi oqibatida inson huquqlariga yetkaziladigan zararni keskin kamaytirish uchun jahon mamlakatlari birgalikda samarali choralar ko‘rishi kerak. Kelajak avlodlar taqdiri uchun barchamiz ulkan mas’uliyatni o‘z zimmamizga oladigan vaqt keldi”, — dedi prezident.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini jahon hamjamiyati keng qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaysizlar, deb ishonaman”, — deya ta’kidlangan murojaatda.
Prezident forum ishtirokchilari global miqyosda ekologik vaziyat barqarorligini saqlash, inson huquq va manfaatlariga xizmat qiladigan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqishlariga ishonch bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»