Foto: Google Images
O‘zbekistonda joriy yilning iyul va avgust oyi boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti prognozida ma’lumot berilgan. Institut ob-havo prognozlarini tuzishda respublika hududlarini to‘rt zonaga ajratgan.
G‘arbiy zona sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari belgilangan. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Samarqand, Jizzax viloyatlari markaziy zona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari janubiy zona, Farg‘ona vodiysi viloyatlari esa sharqiy zona deb olingan.
Qayd etilishicha, respublikaning g‘arbiy qismi va cho‘llarda yozgi mavsumda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha qiymatdan 1–1,25 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda mavsumiy havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan bir oz yuqori (0,75–1 daraja) bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
“Iyul va avgust oyining boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi, ba’zi kunlarda harorat uzoq muddatli o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darajada ko‘tarilishi mumkin. Ehtimol bu vaziyat mintaqada vujudga keluvchi termik depressiya jarayoni ta’siri bilan uzviy bog‘liq. Sharqiy zona (Farg‘ona vodiysi), Toshkent viloyati tog‘li hududlari hamda Surxondaryo viloyatida butun yoz davomida havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yor ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lishi mumkin”, — deya ma’lum qilgan manba.
Infografika: Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti
Termik depressiya yozgi sinoptik jarayon bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi-sharqida past bosimli hududning paydo bo‘lishi, quruq-jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi. Bu davrda Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati 44–46 darajagacha, ba’zi hollarda +48 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. Termik depressiyaning davomiyligi 2–3 sutkadan 5–7 sutkagacha, ba’zi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etishi kutiladi.
“So‘nggi paytlarda mazkur sinoptik jarayon kuzatilgan davrda mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda energetik tizimda kuchli zo‘riqishlar kuzatilmoqda”, — deya ta’kidlanadi tahlilda.
Institut olimlari tahliliga ko‘ra, joriy yoz davomida mintaqaning katta qismida yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga yaqin bo‘lishi (90 foiz – 110 foiz) prognoz qilinmoqda. Faqatgina, Farg‘ona viloyati janubi tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik bilan bog‘liq ijobiy vaziyat (110 foiz – 130 foiz) bo‘lishi kutilmoqda.
Infografika: Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti
“Aksariyat jahon prognostik iqlim markazlarining prognoz modellariga ko‘ra, 2024 yilning yoz mavsumida Markaziy Osiyoning janubida (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati) harorat va yog‘ingarchilikda eng muhim ijobiy anomaliyalar, hatto yuqori namgarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu hozirgi mavsumda janubiy regionlarda ham kuchli jala yog‘inlar hamda sel–suv toshqin xavflari saqlanishini anglatadi. Farg‘ona vodiy viloyatlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarida qisqa muddatli mavsumiy yog‘ingarchiliklar ortidan sel–suv toshqin xavflari saqlanadi”, — deyiladi Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti prognozida.
Ma’lum qilinishicha, hozirda kelgusi mavsum va oylar uchun tuziladigan ob–havo ma’lumotlarini tayyorlashning yuqori aniqlikdagi ishonchli usullari yo‘qligi sabab, ularning aniqligi yozgi mavsum uchun harorat bo‘yicha 83–88 foizni, yog‘ingarchilik bo‘yicha 65–70 foizni tashkil etadi.
Avvalroq iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov hozir insoniyat 125 ming yillik tarixidagi eng issiq davrni boshdan o‘tkazayotganini aytgandi.
Olim mavzuni tahlil qilib, O‘zbekistonda 2030 yilga borib havo harorati doimgidan 2–2,5 daraja, 2040 yillarda 4 daraja, 2080 yillarda 6 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»