
Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining ijro varaqalariga asosan da’vogar R.S. foydasiga javobgar J.U.dan yo‘l transport hodisasi natijasida yetkazilgan zarar, ya’ni 14 920 556 so‘m moddiy zarar hamda 5 000 000 so‘m ma’naviy zarar pullarini undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida javobgar qarzdorlikni to‘lashi yuzasidan ogohlantirilgan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Biroq, yetkazilgan zarar pullari to‘lanmagach, qarzdorga tegishli “NEXIA 2”avtomashinasi xatlab qo‘yildi.
Mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan qarzdor ham moddiy ham ma’naviy zarar pullarini to‘liq to‘lab yubordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar