
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida tez harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Oqibatda yuk mashinasi majaqlanib ketgan.
Guvohlarning yozishicha, hodisa 2024 yil 23 iyun kuni kunduzi Namangan viloyati hududida sodir bo‘lgan. Turkmanistonga tegishli yuk mashinasi dovondagi yo‘ldan pastga tushayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, katta tezlikda harakatlangan yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan. Haydovchi hodisa joyida halok bo‘lgani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar