Foto: Yoshlar ishlari agentligi / Bunyod Rustamov
O‘zbekistonda yaqin kelajakda YouTube monetizatsiyasiga qo‘yilgan cheklov olib tashlanishi mumkin. Bu haqda 29 iyun kuni Yoshlar festivali doirasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro startaplarga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo”.
Aytilishicha, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini yoqish bo‘yicha barcha ishlar olib borilmoqda. Platformaning rahbariga ham bu masalada murojaat qilingan.
“Bizda mazkur masala ko‘rib chiqish jarayonlarida turibdi. Bu qancha vaqt olishini aytolmaymiz”, — degan javob kelgan YouTube ma’muriyatidan.
Yoshlar ishlari agentligi mazkur masalada O‘zbekiston tarafiga amaliy ko‘mak berishlari uchun biznesni rivojlantirish va monetizatsiya texnologiyasi YouTube, Skype va Google kompaniyalarining sobiq mutaxassisi Yan Vichers (Germaniya) hamda Elpislab asoschisi Anastasiya Lykoavni Toshkentga taklif qilgan.
Tadbirda ishtirok etgan Yan Vichers nima uchun YouTube O‘zbekistondagi monetizatsiya cheklov qo‘ygani yuzasidan o‘zining shaxsiy fikrlarini aytib o‘tdi.
Yan Vichers
Foto: Yoshlar ishlari agentligi / Bunyod Rustamov
"Birinchidan, yaxshi kontent yetishmayotgandir. Ikkinchidan, bu qonunchilikka bog‘liqdir. Sababi talablar o‘zgarmoqda. Shuning uchun monetizatsiyani yoqish qiyin kechayotgan bo‘lishi mumkin", — dedi Yan Vichers.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil Sherzod Shermatov Apple, Google, Meta va boshqa kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish uchun AQSHga borgan edi. Uchrashuvda IT kompaniyalarning O‘zbekistonning ichki bozoridagi ishtirokini kengaytirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratish, onlayn platformalar foydalanuvchilari uchun monetizatsiya vositalaridan foydalanish, ushbu sohadagi xizmatlar eksportini oshirish masalalari ham muhokama qilingani aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi