19:55 / 01.07.2024
151

Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi rahbari qo‘lga olindi

Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi rahbari qo‘lga olindi
Foto: Prokuratura departamenti.
Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so‘mini qo‘lgan kiritgan ETK boshlig‘i ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Guliston shahar ETK boshlig‘i D.N. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “G.S.K.” MCHJning elektr ta’minotidan 202,5 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga MCHJ nazoratchisi A.G.dan 90 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi rahbari qo‘lga olindi