O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar bolalarga dunyoviy bilimlarni o‘rgatish haqida gapirdi.
“Payg‘ambarimiz alayhisolatu vasallam ilm olishga juda katta e’tibor berganlar. Badr jangida bir qancha asirlar tushib qolgandi. Shunda buni muhokama qildilar, nima qilamiz deb.
Ba’zi sahobalar ularni jazolash kerakligini aytishadi. Boshqalari ulardan jarima undirish kerakligini bildirishadi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom ajib bir taklif berganlar.
O‘sha tushgan asirlar ichida ilmlilari, savodlilari bo‘lsa o‘sha ilmini o‘rgatsa keyin ozod qilamiz dedilar.
Savol tug‘iladi, u qo‘lga tushganlar mushrik edi. Payg‘ambarimiz alayhisolatu vasallam payg‘ambar edilar, vahdoniyat dinida turibdilar. Ular esa mushrik, nimani o‘rgatadi?
Bu yerda ulardan diniy ta’lim emas, hunar-kasb, dunyo narsasini o‘rgatishini aytganlar. Demak, dinimizda mana shu dunyoviy ilmlarni, kasb-hunarni o‘rganishga e’tibor payg‘ambarimiz alayhisolatu vasallamdan bizga meros.
Agar biz uni o‘rganmasak, bolalarimizga o‘rgatmasak, ertaga biz boshqalarga tobe’ bo‘lib qolamiz.
Shunday bo‘lsinki, xalqning ichida musulmonlar bir paytlar butun dunyoni ilm-urfon bilan to‘ldirgani kabi bugun biz ham to‘ldirishimiz kerak. Bolalarimizni ilmga, ma’rifatga o‘rgatishimiz kerak”, — dedi muftiy. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi