
Kadr: Telegram
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mashina ichiga suv to‘ldirib harakatlangan haydovchi holati yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 haydovchisi transport vositasini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida aniqlanishicha, mazkur holat 30 iyun kuni ro‘y bergan. Haydovchi transport vositasini boshqarganda odob-axloq qoidalarini buzgani, transport vositasi salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aniqlangan.
“Sherigim bilan mashina ichiga suv to‘ldirib harakatlanganimizning videosini Instagram sahifamizga qo‘ygandim. Videoni kimdir tarqatib yuboribdi, qonunbuzarlik holati borligini bilmagandik. Inspektor xodimlari chaqirtirib, tushuntirish ishlarini olib bordi. Bu holatni tavsiya qilmayman va uzr so‘rayman”, deydi haydovchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar