Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Kriptoaktivlar ishlab chiqarishda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning o‘tgan davrida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy mayning faoliyati bilan bog‘liq 104 ta holat fosh etilib, 78,8 mlrd so‘mlik 21,4 mln kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu holatlar bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxs qamoqqa olingan.
Misol uchun, Chilonzor tumanida fuqaro Q.O. o‘zining yashash xonadonida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 680,6 mln so‘mlik 461,4 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Farg‘ona shahridagi “B.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.A. korxonaga tegishli qandolat sexi hududida mayning faoliyatini amalga oshirish maqsadida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 787,4 mln so‘mlik 874 ming kVt soat elektr energiyasini talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi