Qonunchilikka ko‘ra, sud yoki boshqa organlar qarorlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganda, qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda, qarzdorlar jismoniy yoxud yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilinishi yoxud avtotransport va ko‘chmas mulklarga taqiqlar qo‘yilishi mumkin.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va boshqa subyektlar o‘rtasida avtotransport hamda ko‘chmas mol-mulklarni notarial ravishda rasmiylashtirishda yuzaga keladigan muammolarning biri ham aynan taqiqlar bilan bog‘liqdir.
Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan hujjatlar ijrosi bo‘yicha va qarzdorlik sababli 378 mingdan ortiq avtotransport vositalariga taqiq qo‘llanib, 259 mingtasiga qidiruv e’lon qilingan.
Shuningdek, 621 mingta hujjatlar bo‘yicha ko‘chmas mulklarga taqiq o‘rnatilgan.
Fuqarolar avtotransport vositasi yoki ko‘chmas mulklarga oid qidiruv yoki taqiq bo‘yicha ma’lumotlarni byuroning mib.uz rasmiy saytidagi “Interaktiv xizmatlar” sahifasida “Avtotransportni tekshirish” hamda “Ko‘chmas mulkni tekshirish” ruknlari orqali bilish mumkin.
Buning uchun “Avtotransportni tekshirish” rukniga kirib, avtotransport vositasiga tegishli davlat raqami belgilarini kiritish yoki bo‘lmasa “Ko‘chmas mulkni tekshirish” rukniga kirib kadastr raqamlarni kiritish orqali taqiq yoxud qidiruv mavjud yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Agarda, avtotransport vositasi yoxud ko‘chmas mulkda taqiqlar aniqlansa, ushbu saytning “Qarzdorlikni tekshirish” rukni orqali bu haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Shuningdek, qarzdorlik elektron to‘lov tizimi orqali bartaraf etilganida, mavjud qidiruv va taqiqlar shu zahoti bekor qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»