
Joriy yilning 25-29 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" direktori aholini kuchli issiqdan ogohlantirdi.
Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar