12:00 / 26.07.2024
222

Farg‘ona tumanida sel ko‘chalarni qum-shag‘al bilan to‘ldirdi

Farg‘ona tumanida sel ko‘chalarni qum-shag‘al bilan to‘ldirdi
Foto: “O‘zgidromet”
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani hududida 25 iyul kuni sel oqimlari kuzatildi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kuni jala va do‘l yog‘ib o‘tgan. Buning natijasida:

Farg‘ona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi natijasida 4-5 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan. Shuningdek, yo‘l chetida turgan 2 ta avtomobil atrofi qisman qum-shag‘al bilan qoplangan.

Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sel oqimlari natijasidan fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tuman FVDT xizmatlari kuch va vositalarini jalb etgan holda maxsus texnikalar yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona tumanida sel ko‘chalarni qum-shag‘al bilan to‘ldirdi