O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, respublikada kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida elektr energiyasiga bo‘lgan talab hafta davomida 16,5 million kVt•soat yoki o‘rtacha 7,1 foiz oshgani kuzatildi. Xususan, 25- va 26 iyul kunlari energotizim bo‘yicha mutlaq tarixiy rekord ko‘rsatkichlar yangilandi.
Jumladan, 25 iyul kuni soat 15:47 da havo harorati +39,7 darajada (Toshkent shahrida) O‘zbekiston energotizimida iste’mol quvvati 11 822 MVtni tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord bo‘lib, 2023 yil 28 iyulda (+40 daraja) qayd etilgan eng yuqori iste’molga nisbatan 343 MVt ko‘p bo‘ldi.
Shuningdek, 26 iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr energiyasi iste’moli 253,3 million kVt•soatni tashkil etib, 2023 yil 28 iyul kungi yozgi maksimal iste’moldan 0,9 million kVt•soat ko‘p bo‘ldi. Toshkent shahrida 26 iyul kuni absolyut tarixiy rekord iste’mol quvvati soat 14:27 da kuzatilib, 1705 MVtni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi 27 iyul (+40,1 daraja) kunida kuzatilgan maksimal iste’molga nisbatan 97 MVt ko‘pdir.
Anomal harorat fonida havo va kabel elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayishi sababli poytaxtning alohida elektr tarmoq xo‘jalik obektlarida (soat 11:00 dan soat 17:00 gacha) o‘ta kuchli yuklanishlar qayd etildi.
Mazkur holat tizimli avariyalarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va poytaxt iste’molchilarning tartibsiz ommaviy uzilishlarini oldini olish maqsadida, Toshkent shahar iste’molchilariga qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar kiritishni talab etdi.
“Iste’molchilardan tarmoqda nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, ancha uzoq vaqt tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga to‘g‘ri keladigan bunday zaruriy choralar bugun o‘ta muhim ekanligini to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.
Qat’iy tejamkorlikka amal qilib, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr asboblaridan foydalanmaslik orqali ham barchamiz tizimda yuklamaning ortishini, avariyalar va uzilishlarning sodir bo‘lishini oldini olishga katta hissa qo‘shamiz.
Ta’kidlash o‘rinliki, ayni paytda kunduzgi soatlarda energotizimda jami 1300 MVt zaxira quvvatlari mavjud bo‘lib, energotizim iste’mol talabining qariyb 1900 MVt qismi yoki 16 foizi quyosh fotoyelektr stansiyalari hisobidan qoplanmoqda. Natijada soatiga 590 ming kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishilyapti.
Shuni qayd etish kerakki, anomal issiq sharoitida ayrim tarmoqlarda yuz berayotgan avariyalar hududlarda tashkil etilgan maxsus brigadalar tomonidan kechiktirmasdan bartaraf etilmoqda. 1154 qisqa raqamiga aholi tomonidan bo‘ladigan murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida esa qo‘shimcha xodimlar jalb qilingan”, — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi