Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
5 avgust kuni Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston bilimdonlari o‘rtasida “Zakovat” Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Bahslardan oldin O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqdi.
U o‘z so‘zida Parijda davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonliklar va qozog‘istonliklar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlayotganini e’tirof etdi.
“So‘nggi kunlarda qozog‘istonliklar o‘zbek sportchilarining g‘alabasiga qanchalik xursand bo‘layotganini, bizning muxlislarimiz esa sizning chempionlaringizni olqishlayotganini internetda bir ko‘ring. Olimpiadadagi birinchi oltin medallarni qozog‘istonlik Yeldas Smetov va o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdilar.
Ruxsatingiz bilan shu sahnadan turib, yana bir marta ta’kidlamoqchiman: Diyora, biz sen bilan faxrlanamiz, barakalla!
Umid qilamanki, Diyora mamlakatimizning minglab qizlariga ibrat bo‘ladi”, – dedi prezident yordamchisi.
Saida Mirziyoyeva ayollar huquqlari mavzusi ham O‘zbekiston, ham Qozog‘istonda aktual ekanini ta’kidladi.
“Ayollar huquqlari... Ilgari bu borada gapirish uyat hisoblangan. Biz maishiy va iqtisodiy zo‘ravonlik, shilqimlik haqida sukut saqlaganmiz. Ayollar o‘zini himoya qilish imkoniga ega emasdi. Jamiyat hamma vaziyatda ularni ayblagan. “Uyat!” – bitta javob shu edi. Bugun O‘zbekistonda ham, Qozog‘istonda ham maishiy zo‘ravonlikka qarshi qonunlar qabul qilingan va bu bizning umumiy yutug‘imizdir”, – dedi u.
Mirziyoyevaga ko‘ra, hali ko‘plab muammolar borki, ularni yolg‘iz hal qilib bo‘lmaydi.
“Qurib borayotgan bitta umumiy dengizimiz, barchamiz uchun umumiy bir havo, bitta Sirdaryo... Oldimizda mintaqaviy xavfsizlikni kuchaytirish, milliy tillarimizni rivojlantirish, milliy o‘zlikni asrab qolish, yolg‘on xabarlar – dezinformatsiyaga qarshi kurash kabi vazifalar turibdi”, – dedi O‘zbekiston prezidentining yordamchisi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi