Xalqaro aeroportda Mirziyoyevni shaxsan To‘qayevning o‘zi kutib oldi. Asosiy tadbirlar Ostona shahridagi prezident qarorgohi – Oq o‘rdada bo‘lib o‘tdi. Dastavval rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. So‘ngra odatga muvofiq, tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Prezident Mirziyoyev samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu davlat tashrifi tarixiy ahamiyat kasb etishi, strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalari endi sifat jihatidan yana bir pog‘ona ko‘tarilayotganini aytdi.
Protokolga ko‘ra, tor doiradagi muzokaralardan keyin odatda kengaytirilgan tartibda muzokaralar bo‘lib o‘tardi. Lekin ikki prezident tashabbusi bilan bu gal rahbarlar raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Mirziyoyev avvalo xalqaro tuzilmalar doirasida pozitsiyalarni muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlarni samarali ilgari surish muhimligini ta’kidladi. Tovar ayirboshlash hajmini esa yaqin yillarda 10 mlrd. dollarga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shu maqsadda oy oxirigacha alohida dastur qabul qilinadi. Bunda bozorlarni o‘zaro shakllantirish, mavjud cheklovlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratiladi. Tashrif oldidan o‘tgan biznes forumda esa 7 mlrd dollarlik salmoqli kelishuvlar imzolangani ham ma’lum qilindi. Shuningdek, mintaqada suvdan foydalanish masalalariga yagona yondashuv mavjudligi qayd etildi. Ishonchli huquqiy bazani shakllantirish, suv xo‘jaligi obyektlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish ishlari davom etishi bildirildi.
Qozog‘iston prezidenti Mirziyoyevni davlat Oliy ordeni “Oltin qiron” bilan taqdirladi.
Ostonada O‘zbekiston Prezidentining safaridan tashqari, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining 6-Maslahat uchrashuvi ham rejalangan edi. Mintaqaning 5 davlatidan ham Prezidentlar Ostonada to‘planishdi. 6 yil avval, aynan Ostona shahrida ushbu muloqotga asos solingandi. Prezident Mirziyoyev bu tadbirda so‘zga chiqarkan, mintaqa dunyo uchun tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. “Markaziy Osiyo plyus” formatlari bunga dalolat ekanini qo‘shimcha qildi.
Qozog‘iston Prezidenti To‘qayev ham Markaziy Osiyo davlatlari endi mudofaa sohasida ham hamkorlikni kuchaytirishini gapirdi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon esa global tahdid va xavflarning kuchayishi fonida xavfsizlik sohasida hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, huquq tartibot idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlik mexanizmlarini yaratishni taklif qildi. Shuningdek, Rahmon dunyoda tez o‘zgarishlar yuz berayotgan sahroitda Markaziy Osiyo kelajagi bo‘yicha yagona pozitsiyani shakllantirish zarurati borligini ham aytdi.
Maslahat uchrashuvi yakunida esa Prezidentlar Markaziy Osiyo kelajagi uchun umumiy hujjatlarga imzo chekishdi. Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantriishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining faxriy nishoni O‘zbekiston Prezidentiga topshirildi.
Rejaga muvofiq Ostona shahrida yana Markaziy osiyo – Yaponiya muloqotining davlat rahbarlair darajasidagi sammiti bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, Yaponiyadagi kuchli zilzila va sunami ehtimoli ortidan Bosh vazir Fumio Kishida Ostona va Toshkent, shuningdek, Mo‘g‘ulistonga safarini ham bekor qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Kishida bilan gaplashib, uni to‘liq tushunishini aytdi, tashrif va sammit yangi sanaga yaqin fursatlarda belgilanishiga kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari