13:44 / 11.08.2024
33

Oliy ta’lim muasasalariga qabul yakunlandi

Oliy ta’lim muasasalariga qabul yakunlandi
2024/25 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi.

Qabul tartibiga ko‘ra, endilikda 1 hafta muddat ichida – 17 avgustgacha yakuniy natijalar e’lon qilinishi kerak.

Birinchi bosqichda, 14-26 iyul kunlari 737 mingdan ortiq abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi. Ular to‘plagan ballar sinovlarning ertasiga e’lon qilib borildi. Imtihonlar yakunlangach, 27 iyuldan 11 avgustgacha abituriyentlarga OTM va yo‘nalish tanlash uchun vaqt berildi.

Shu tariqa, abituriyentlar bu yil ilk marta yangi tartib asosida, imtihondan keyin – o‘zlari to‘plagan balliga qarab qayerda, qaysi yo‘nalishda o‘qishini tanlashdi.

Imtihonlar yakunlangach, abituriyentlarning 47 foizi o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagani ma’lum bo‘ldi va bu keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’lim muasasalariga qabul yakunlandi