15:01 / 14.08.2024
223

“Andijon” klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi

“Andijon” klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
O‘zbekiston Superligasining navbatdagi turida Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Andijon” bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv 11 avgust kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvni tribunada tomosha qilgan “Andijon” a’zosi Marlen Chobanov o‘yin tugagach stadion ichiga kirishga uringan va gvardiya xodimlari bilan tortishib qolgan. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Maydon ichkarisiga kirish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lmagan futbolchiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan. Ammo fuqaro Marlen Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Andijon” klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi