13:21 / 18.08.2024
141

1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi

1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi
Foto: samdu.uz
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.

2024 yil 17 avgust kuni 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-kursga tavsiya etilganlarga aloqador muhim xabarni e’lon qildi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Qayd etilishicha, mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi