Foto: Ekologiya vazirligi
Xorazm viloyati, Urganch shahridagi «Ashxobod» mahallasida joylashgan binoda sher noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.
Ekologiya boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reydda qonunbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan. U bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari — 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Ta’kidlanishicha, sher vaqtincha saqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Holatga aniqlik kiritish, sher fuqaroning qo‘liga qanday tushib qolganini aniqlash maqsadida surishtiruv boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi