22:15 / 22.08.2024
34

Xo‘jayli tumani dehqon bozoriga qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi

Xo‘jayli tumani dehqon bozoriga qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 03.05.2023-yildagi ijro varaqasiga asosan Xo‘jayli tumani, Murtazabiy MFY xududidagi “Tasli jap” arig‘i bo‘yida savdo do‘konlarini qurishga mo‘ljallanmagan jami 320,76 kv.m bo‘lgan yer maydoniga qurilgan savdo do‘konlari javobgar Mamutov Mansur Bazarbayevichning hisobidan buzdirish belgilangan.

Ushbu ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, javobgar Mamutov Mansur Bazarbayevichga Xo‘jayli tumani, Murtazabiy MFY xududidagi “Tasli jap” arig‘i bo‘yiga qurilgan noqonuniy qurilmalar o‘z hisobidan buzdirilishi lozimligi, ijro hujjati ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.

Javobgar tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, unga O‘z. Res. MJtKning 1981-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida jarima solingan.

Shunga qaramasdan, javobgar tomonidan sud qarori ijrosi ta’minlanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatini chiqargan sudga ijro hujjati ijrosini ta’minlash uslubini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilingan.
Shunga ko‘ra, sud tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan noqonuniy qurilmalar majburiy tartibda buzdirilishi kerakligi haqida ajrim qabul qilgan.

Shu munosabat bilan, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, noqonuniy qurilmalar majburiy tartibda buzdirilgan va sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xo‘jayli tumani dehqon bozoriga qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi