Foto: O‘zA
Xitoylik Chen Yue Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Chen Yue Xitoyning Shandun provinsiyasi taraqqiyot va islohotlar komissiyasi a’zosi hisoblanadi. Uning tayinlanishi haqida 2023 yil dekabr oyida Turdimovning Xitoyga tashrifi chog‘ida kelishuvga erishilgan edi. Samarqand viloyati hokimi buning uchun Xitoy kommunistik partiyasi Shandun provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Lin Uga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Qayd qilinishicha, Chen Yue Shandun provinsiyasi partiya qo‘mitasining kotibi o‘rinbosari Van Suylyan xonim boshchiligidagi delegatsiya tarkibida keldi. Viloyat hokimligida delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi yanada jadal rivojlanish bosqichiga o‘tganini qayd qilishdi.
Van Suylyan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini aytib, raqamli iqtisodiyot, aqlli shahar qurilishi, logistika va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi.
Erkinjon Turdimov ushbu yo‘nalishlar bugungi kunda bu davlat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirib, bu borada Shandun tajribasi zarurligini ta’kidladi va hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi