24
Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi asosiy 5 ta yo‘nalish haqida gapirdi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor nimalarga qaratilayotgani haqida gapirdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor beshta ustuvor yo‘nalishga qaratilmoqda.
«Bular, avvalo, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, biznesni rivojlantirish, korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish, sog‘liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shu sababli maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qilinganini ta’kidladi.
«Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotni chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli ta’lim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz. Maktab o‘quvchilari jahondagi ilg‘or tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan ta’minlanmoqda», — dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev mamlakatda dunyodagi nufuzli oliygohlarning filiallarini ochib, O‘zbekistonni yirik ta’lim markaziga aylantirish maqsad qilinganini qayd etdi. «Yoshlarimiz yetakchi xorijiy universitetlarda tahsil olib, tajriba orttirib, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘laganlar. Buning uchun ularga «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali yanada qulay imkoniyatlar yaratamiz. Ayniqsa, xotin-qizlarning bilim olishlari, kasb egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz lozim», — deydi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...