date
views 51

Andijonda 3,4 ming dollarni 43,2 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Andijonda 3,4 ming dollarni 43,2 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Andijon viloyatining Shahrixon tumanida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Q. fuqaro A.G.ga jami 3 400 dollarni 43,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida uning yonidan 6 500 rubl, 67 mln so‘m va 5 yevro pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 3,4 ming dollarni 43,2 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi