Rossiya va O‘zbekiston temiryo‘l qatnovini to‘liq tikladi, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida poyezdlar qatnovi tiklanmoqda, deb xabar berdi Interfax.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishini ochar ekan, shunday dedi: «Biz o‘zaro hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi – transport-tranzit hamkorligini, mamlakatlarimizga istiqbolli mahsulot bozorlarini ochish imkonini beradigan yangi xalqaro transport yo‘laklari shakllantirishdan manfaatdormiz. To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar soni haftasiga deyarli 300 taga yetdi, bizda boshqa mamlakatlar bilan bunday ko‘rsatkich yo‘q, ularning geografiyasi kengaymoqda».
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin qo‘shimcha qildi: «Biz mintaqalararo aloqalar mustahkamlanib, turli yo‘nalishlarda – qo‘shma sanoat zonalarida yangi ommabop loyihalarni yuzaga keltirishini kutamiz. Ikki davlat o‘rtasida transport aloqalarini kuchaytirishga e’tibor qaratishni taklif qilamiz. Yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish uchun ishonchli xalqaro logistika yo‘laklarini birgalikda rivojlantiramiz».
Mishustin mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik aloqalari tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
«So‘nggi paytlarda ularga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi, bu esa sayohatlar qulayligi va xizmatlar sifatini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Turistlarning o‘zaro oqimi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ikki barobar oshdi – 1 million ikki yuz minggacha. Joriy yilning birinchi yarmida - yana 12 foizga o‘sdi», dedi Mishustin.
«Rossiyada O‘zbekiston Turizm yilining o‘tkazilishi bu boradagi ko‘rsatkichlarni oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, 24 sentyabrdan boshlab, pandemiya sababli to‘xtatilgan Moskva va Toshkent yo‘lovchi poyezdlari harakati tiklanadi», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?