
Foto: Kollaj
Xonanda Botir Qodirov Oʻzbekiston xalq artisti, marhum san'atkor Sherali Joʻraevning oʻgʻli ekanligi sud orqali tasdiqlanganidan soʻng OAV xodimlariga intervyu berdi.
“Toʻgʻrisini aytsam, ular haqida yomon gapirmoqchi emasman. Ular baribir mening ukalarim, ular adashishyapti. Bularning ustida kim turibdi, bilmadim. Bularning qoʻrqayotgan nuqtasi mol-mulk, meros. Men sud qarori chiqquniga qadar sabr bilan kutib keldim. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda meros masalasi bot-bot chiqib kelyapti. Men ularning bu ishlarni oʻz foydasiga hal qilish uchun kimlarga chiqib, kimlarga borib nima ishlar qilib yurganini yaxshi bilaman. Lekin bir narsani aytib qoʻymoqchiman: ulardan yoʻlimda turmasliklarini, nafsoniyatimga tegib, onamning va oʻzimning sha'nimga, amakilarini gapirtirib chiqib bunaqa qilmasligini tavsiya qilardim.
Agar merosdan bular qoʻrqishayotgan boʻlsa, merosni oʻylayotgan boʻlsa, bu narsalarni qilmasligini iltimos qilardim. Bitta insonni hadeb ezaversangiz, hali oʻzingiz, hali amakingiz chiqib gapiraversa, “onasi unaqa, onasi bunaqa” desa, boʻhton, yolgʻonlarni gapiraversa — bunaqa narsaga hech qaysi farzand chidab tura olmasa kerak. Aslida ular mening eng ogʻriqli nuqtamga tegmaguncha mening bunday da'vo arizasi kiritish niyatim boʻlmagan. “Sen kimdan qaerdan dunyoga kelgansan?” degan gaplarni gapirishganidan keyin menga boshqa chora qoldirishmadi.
Biz birinchi marta DNK testi topshirganimizda soʻlakdan namuna olishgan. Bu narsani kompyuter hisoblaydi. Sanalarning notoʻgʻri chiqqani, qaysidir familiyada “a” harfining tushib qolishi, bu inson omili sabab boʻlgan xatoliklar. Ikkinchi marta biz qon tahlili topshirganmiz. DNK testi million-million dollar turadigan Germaniyadan olib kelingan apparat yordamida tekshiriladi. U yerda kameralar turadi, kuchli nazorat qilinadi. Natijalarga inson aralasha olmaydi. Uni hech kim sotib ololmaydi. Men bilmayman qaerdan chiqdi bunaqa gaplar?”, deydi Botir Qodirov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar