
Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tadbirkorga 10 ming dollar evaziga turar joy binosini qurishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro S.O. “X.T.” MCHJ tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahrida qurilayotgan sport maktabi binosining yuqori qavatiga turar joy binosini qurishga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ruxsatnoma olib berishi evaziga 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar