O‘zbekistonda 2023 yilda sudlar tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlari tahlili korrupsiyaga oid jinoyatlar soni Surxondaryo va Andijon viloyatlarida ortganini ko‘rsatdi. Bu haqda Senatning 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi uchinchi milliy ma’ruza muhokama qilingan. Qayd etilishicha, 2023 yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlari tahlili korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning yuqori ulushi Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, tijorat banklari, sog‘liqni saqlash tashkilotlari hamda hokimliklar xodimlari hisoblanadi.
Shuningdek, ichki nazorat tuzilmalar faoliyatini tashkil etishda ayrim davlat idoralari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, ichki nazorat tizimi joriy etilgan davlat idoralarining 37 tasida tashkil etilgan 996 ta shtat birligidan 172 tasi (17,2 foiz) vakant bo‘lsa, 6 ta tashkilotning 35 nafar xodimiga qo‘shimcha vazifalar yuklangan.
Muhokama jarayonida Senat a’zolari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, qator vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi. Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilgan holda jinoyatlar ko‘rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlarida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilash lozimligi, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini jadallashtirish zarurligi aytildi.
10 sentyabr kuni Qonunchilik palatasi yig‘ilishida 2023 yilda korrupsiya jinoyati uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta ishga kirgani va korrupsiya jinoyatlarini takror sodir etgani aytilgandi.
2023 yilda 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari to‘liq shakllantirilib, ularning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyadan 177 tasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori”, 475 tasida “o‘rta”, 1049 tasida “past” baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"