16:38 / 29.09.2024
26

Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi

Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyatida yer rasmiylashtirib berishni aytib pul olgan mas’ul shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Guliston shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Guliston suv inshootlari va Do‘stlik kanali boshqarmasi yer kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqarolarning biriga Do‘stlik kanali yoqasida joylashgan boshqarma tasarrufida bo‘lgan 1,5 gektar yerni kelgusida shartnoma asosida rasmiylashtirib berish evaziga 500 dollar olayotganda ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi