06:00 / 03.10.2024
25

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi jami aviaqatnovlar soni haftasiga 48 taga oshirildi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi jami aviaqatnovlar soni haftasiga 48 taga oshirildi
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasi Seul shahrida Janubiy Koreya aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bunda quyidagi kelishuvlarga erishildi:
  • ikki mamlakat o‘rtasida tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi;
  • O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi amaldagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan 24 taga oshirish huquqi berildi.

Bu esa o‘z o‘rnida bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha davlat darajasida olib borilayotgan siyosat doirasida ikki mamlakat o‘rtasida har bir tomon aviakompaniyalariga haftasiga 24 tadan, ikki mamlakat o‘rtasida jami 48 ta aviaqatnovni amalga oshirish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Bunda:
- har ikki davlat tayinlangan aviakompaniyalariga har bir tomondan Toshkent va Seul shaharlari o‘rtasida haftasiga 12 tagacha;
- Koreyaning hududiy viloyatlaridan Toshkent shahriga haftasiga 4 tagacha;
- O‘zbekistonning hududiy viloyatlaridan Seul shahriga haftasiga 4 tagacha;
- O‘zbekiston va Koreya hududiy viloyatlari o‘rtasida haftasiga 4 tagacha muntazam aviaqatnov amalga oshirish huquqi berildi.

Shuningdek, har ikki tomon aviakompaniyalari uchun Janubiy Koreyaning “Jeju” hamda O‘zbekistonning “Samarqand” xalqaro aeroportlarida e’lon qilingan maxsus “Ochiq osmon” rejimidan ikki tomonlama foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi jami aviaqatnovlar soni haftasiga 48 taga oshirildi