
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Osman Navro‘zov avtomobilida yuqori tezlikda haydagani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan xonandaga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Navro‘zov 3 oktyabr kuni 197 km/soat tezlikda harakatlanib ketayotganida o‘zi uchun video suratga olgan.
"Bilmasdan videoni storiyesga qo‘yganim uchun xalqimizdan uzr so‘rayman va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr so‘rayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka va’da beraman va sizga ham buni tavsiya qilmayman. O‘zimni haydovchilik guvohnomamni topshiryapman. Bu to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradilar", deydi qo‘shiqchi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlarini so‘radi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar