15
Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Hyundai Rotem kompaniyasining Global Rail Group rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar zamonaviy elektropoyezdlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yuzasidan fikr almashdi.
Xususan, Janubiy Koreyaning Korail kompaniyasi tomonidan bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJda mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklifi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish taklif qilinayotgan elektropoyezdlarning asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganish, takliflarni tahlil qilish va yangi ishlab chiqarish hududlarini ko‘zdan kechirishni kelishib olishdi.
Hyundai Rotem kompaniyasi, O‘zbekiston, Elektropoyezdlar, Ishlab chiqarish “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari