date
views 62

Aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aktsiyalarga egalik qilish tartibi tasdiqlandi

Aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aktsiyalarga egalik qilish tartibi tasdiqlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aktsiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi.

Hujjat bilan Aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aktsiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Aktsiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan jamiyatlarda egalik qilish rejasi joriy etilishi shart. Boshqa AJlar egalik qilish rejasini oʻz ixtiyoriga koʻra joriy etishi mumkin. Bunda ular Nizom talablariga rioya etishlari kerak.

Egalik qilish rejasini joriy etish jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yigʻilishi vakolatiga kiradi.

Egalik qilish rejasi doirasida xodimlarni jamiyat aktsiyalarini sotib olishga yoki aktsiyalarga doir optsionni sotib olishga majbur qilish taqiqlanadi. Shuningdek, xodimlarga aktsiyalarni sotish uchun ularning ish haqi, mukofotlar, ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va boshqa toʻlovlaridan ushlab qolish taqiqlanadi.

Egalik qilish rejasi haqidagi hujjat aktsiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.

Egalik qilish rejasi haqidagi hujjatda jamiyat tomonidan xodimlarga aktsiyalarni sotish yoki aktsiyalarga doir optsionni sotish (berish) shartlari va tartibi hamda egalik qilish rejasi bilan bogʻliq boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi.

Jamiyat egalik qilish rejasi joriy etilganligi haqidagi axborotni u joriy etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida oʻz veb-sayti va Korporativ axborotning yagona portalida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilishi shart.

Jamiyat egalik qilish rejasi haqidagi hujjat tasdiqlangan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay ushbu hujjat bilan barcha xodimlarni tanishtirishi lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aktsiyalarga egalik qilish tartibi tasdiqlandi