Fuqarolar Mels Otaboyev, Nosir Elbekov va Tursunpo‘lat Ahadov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zaro jinoiy til biriktirib, qalbaki 5000 so‘mlik banknotlarni yasash bilan shug‘ullanib kelayotganligi haqida tezkor ma’lumotlar olingan. Bu haqda “Huquq” nashriga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.
Tezkor tadbirda ular 50 mln. so‘m qalbaki pullarni maxsus xaridorga 10 mln. so‘m haqiqiy milliy valyuta evaziga tayyorlab berishga kelishib, oldindan 5 mln. 300 ming so‘mni olishadi. Soat 23:00da Qo‘qon shahridagi xonadon ko‘zdan kechirilib, 5000 so‘mlik qalbaki pullar rangli printer yordamida chiqarilib, kesish uchun tayyorlab qo‘yilgani aniqlandi. Chop etilgan qalbaki pullar va shu maqsadda ishlatilgan texnologiya uskunalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi