date
views 173

Toshkentda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Toshkentda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahrining Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 1966 yilda tugʻilgan A.X. 100 dona oltin tangani Andijon shahrida yashovchi 1963 yilda tugʻilgan E.S.ga 67 ming dollarga sotgan vaqtida ularning ikkisi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qoʻshimcha 37 dona oltin tanga ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, sof ogʻirligi jami 776 gr boʻlgan 5 va 10 rubl koʻrinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Asllik darajasi 900 va 916 boʻlgan mazkur qadimiy tangalar 1897—1911 yillar oraligʻida zarb qilingan boʻlib, ularning umumiy qiymati 950 mln soʻmni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida “Nikolay” tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy moddiy qimmatliklarni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatiga olib borib sotishni rejalashtirgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi