18:30 / 17.10.2024
61

Qashqadaryoda tadbirkor unga bosim qilinganini aytdi: “'Nachalnik militsiya' yelkamdan sudrab do‘konimdan olib chiqdi”

Qashqadaryoda tadbirkor unga bosim qilinganini aytdi: “'Nachalnik militsiya' yelkamdan sudrab do‘konimdan olib chiqdi”
Ijtimoiy tarmoqlarda un sotuvchi tadbirkorni ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va hokim o‘z do‘konida xizmat ko‘rsatishni taqiqlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Tadbirkor o‘z murojaatida shahar hokimi va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ikki oydan buyon do‘koniga kelib, avtovokzalda un sotmaslikni talab qilayotganini aytgan.

"Do‘konimga 3 oktyabr kuni shahar hokimi, “nachalnik militsiya” kelib, meni yelkamdan ushlab olib chiqishdi. Zo‘ravonlik qilib, bu yerda un sotmaysan deyishdi. Do‘kon devoriga osilgan reklama yirtib tashlashdi, kuzatuv kameralarimni sug‘urib olib ketishdi", deydi tadbirkor.

Uning aytishicha bosim o‘tkazayotgan davlat xodimlarida umuman muomala madaniyatiga rioya qilishmagan. Nimadir so‘raydigan bo‘lsa, “Nega gapirasan, nima haqqing bor, olib borib buni podvalga tiq” deb qo‘rqitishgan.

Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorning mutasaddilar xatti-harakatidan norozi bo‘lib qilgan videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.

Biznes-ombudsman axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat nazoratga olinib, ayni vaqtda o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda tadbirkor unga bosim qilinganini aytdi: “'Nachalnik militsiya' yelkamdan sudrab do‘konimdan olib chiqdi”