17:04 / 20.10.2024
36

Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalarning birja savdolarida ishtiroki to‘xtatildi

Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalarning birja savdolarida ishtiroki to‘xtatildi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
“O‘zenergoinspeksiya” Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi.

Inspeksiya tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bir qator AYOQSHlarda qoidabuzarliklar aniqlangan.

Xususan, Buxoro tumani “Shergiron” MFYda joylashgan “E.N.M.” MCHJga qarashli AYOQSH o‘rganilganda, 2024 yilning oktyabr oyi boshida faoliyati to‘xtatilganiga qaramay, 10, 16, 18 oktyabr kunlari davomida jami 11,3 tonna Ai-80 avtobenzini birja orqali xarid qilinib, shoxobchaga tushirilmagan va xaridorlarga sotilmagani aniqlangan.

Bu kabi holat Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “D.O.P.” MCHJga qarashli shoxobchada ham kuzatilgan. 19 931 litr miqdoridagi Ai-80 benzini asossiz saqlab turilgani hamda 20 ta 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 200 litr benzin shoxobcha hududida saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 5 ta AYOQSHda, ya’ni “S.O.757” MCHJ, “O.X.” MCHJ , “B.O.X.” MCHJlar hamda “S.” va “Sh.” xususiy korxonalarga qarashli AYOQSHlarda Ai-80 avtobenzin narxi asossiz oshirilgan holda sotilayotgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Birja savdolarida Ai-80 benzinning tonnasi 78,1 ming so‘mga qimmatlab, 9 million 726 ming so‘mga chiqqan. Bir yil avval Ai-80 benzinning tonnasi o‘rtacha 7 million 228 ming so‘mdan sotilgan. Ya’ni, bir yil davomida mazkur markadagi benzinning narxi 35 foizga qimmatlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalarning birja savdolarida ishtiroki to‘xtatildi