53
Madamin Safarov: “Ko‘ngilochar dasturlar va milliy seriallar tayyorlashda nodavlat telekanallarga yutqazib qo‘ymoqdamiz”
Madamin Safarov
Foto: AOKA
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) ayrim yo‘nalishlardagi videomateriallar tayyorlashda nodavlat telekanallardan ortda qolmoqda. Bu haqda 19 oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirda kompaniya raisi o‘rinbosari Madamin Safarov aytib o‘tdi, deya xabar berdi “Daryo” nashri.
Joriy yil 17–25 oktyabr kunlari poytaxtda “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida turli mavzularda muloqotlar tashkil etilmoqda. So‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari rivojiga oid suhbat mavzularidan biri davlat telekanallari faoliyati to‘g‘risida bo‘ldi. Madamin Safarovning aytishicha, MTRKga qarashli telekanallarda tanqidiy–tahliliy materiallar kam va buni rahbariyat sezmoqda.
“Yaqinda MTRKning mediamakondagi o‘rnini oshirish bo‘yicha hujjat qabul qildik. U bejiz bunday nomlanmagan. Bugun jamiyatimizda nodavlat tele va radiokanallar ulushi ortib bormoqda. Raqobat nihoyatda kuchli. Ochig‘ini aytganda, nodavlat telekanallarga ko‘ngilochar dasturlar, milliy seriallar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda yutqazib qo‘ymoqdamiz. Biz bu yo‘nalishda ishlaymiz”, dedi tashkilot mas’uli.
Madamin Safarov so‘zi davomida davlat telekanallarini rivojlantirish borasida ayrim rejalar borligini aytdi.
“MTRK telekanallarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash asosiy rejalarimizdan biri. Shu bilan birga, xususiy sektorning davlat telekanallariga kirib kelishiga keng yo‘l ochmoqchimiz. Ya’ni 2030 yilgacha xususiy sektordan olinadigan mahsulotlar ulushi kamida 30 foizga yetkaziladi. Bu mahsulotlar prodakshn, autsorsinglardan olinadi. Teleradiokanallarni Internetga integratsiya qilish ustida ham ishlayapmiz”, deya ta’kidladi u.
Ma’lumot uchun, joriy yil fevralda Abdurashid Jo‘raboyev MTRK raisi etib tayinlangani xabar qilingandi. Bunga qadar tashkilotga 15 yildan ortiq vaqt davomida Alisher Xo‘jayev rahbarlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi