
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarning uch nafari ushlandi.
Xabarda aytilishicha, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarning yana uch nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.
Avvalroq ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangandi.
Komil Allamjonov 2024 yil 30 sentyabrda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. U faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar