“O‘zgidromet” 4 noyabr, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 iliq, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, kelayotgan hafta boshida shimoliy hududlarga nam havo massalari kirib keladi. Bu hodisa keyingi kunlarda respublikaning barcha hududlariga ta’sir etadi. Oy davomida shimolda kechasi 10 darajagacha sovuq bo‘lishi, sharqiy va markaziy viloyatlarda esa 8 daraja sovuqqacha, janubda 2 daraja sovuqqacha pasayadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi