22
Tojikiston va Qirg‘izistondan yashirincha keltirilgan qariyb 65 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Videodan skrinshot
Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan qariyb 65 kg gashish giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro o‘zining «Kobalt» avtomashinasida Uzun tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilgan.
Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 50 kg 567 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida, u giyohvandlik vositasini tojikistonlik narkosavdogarlardan olganligi ma’lum bo‘lgan.
Farg‘ona viloyatida qayd etilgan holatda Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1972 y.t. fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg 929 gramm gashish moddasini qabul qilib olib, yo‘lovchi avtomashinada doimiy yashash manziliga qaytib kelayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona shahrida qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, u giyohvandlik vositasini qayta sotib, mo‘may daromad topishni maqsad qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Samarqand — Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan «Spark» avtomashinasi Bo‘ston tumanidagi YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirilgan.
Mashina yo‘lovchilari — Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi, 1990 va 1995 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs hamda Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyati Qorasuv shahrida yashovchi, 1984 y.t. ushbu davlat fuqarosidan 4 kg 727 gr gashish moddasi olingan.
Ular giyohvandlik vositasini tojikistonlik shaxsdan Urgut tumaniga keltirib berish sharti bilan sotib olishgan va uni qoldirib ketilgan xufiya joydan olib, ortga qaytayotgan bo‘lishgan.
Boshqa holatda esa Paxtaobod tumanida yashovchi, 1981, 1982, 1991, 1992 yillarda tug‘ilgan 4 nafar fuqaro Qirg‘iz Respublikasidagi narkosavdogarlar yetkazib bergan 4 kg 634 gr gashish moddasini Andijon tumanida 53 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qo‘lgan olinganlarning 3 nafari — muqaddam sudlangan shaxslar.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi