13:26 / 18.11.2024
5

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish tizimiga neyrotarmoqlar bo‘yicha kurslar qo‘shildi

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish tizimiga neyrotarmoqlar bo‘yicha kurslar qo‘shildi
Avloniy nomidagi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish va ularni yangi metodlar asosida o‘qitish Milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Yandex Uzbekistan O‘zbekistondagi informatika o‘qituvchilari uchun bepul kurslarni* ishga tushirdi.

Bu kurslarda o‘qituvchilar neyrotarmoqlar haqida batafsil ma’lumot olishadi, shuningdek, Python dasturlash tilining asoslari bilan tanishishadi. Kurslar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni qamrab olib, Python’ni bilmagan holda materialni o‘zlashtirish va darhol o‘z ishlarida qo‘llash imkoniyatini yaratadi.

Kurs materiallari Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, kurslarning o‘zi A. Avloniy nomidagi Milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan kasbiy rivojlanish tizimining bir qismiga aylanadi.

Kurslar bepul bo‘lib, ularda qatnashish vaqti cheklanmagan, shuningdek, barcha qo‘shimcha materiallar ishtirokchilarda doimiy saqlanadi. Unda Python bo‘yicha asosiy tushunchalardan tortib, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslarigacha bo‘lgan mavzularni o‘z ichiga olgan olti bo‘lim taqdim etilgan. O‘qituvchilar o‘z ishi uchun eng dolzarb mavzular va topshiriqlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladilar.

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali qisqa anketani to‘ldirish lozim. Kurslar onlayn formatda o‘tkaziladi, bu esa o‘qituvchilarga asosiy ishidan chalg‘imagan holda o‘zlari uchun qulay tempda o‘qish imkonini beradi. Kurslar nihoyasida ishtirokchilarga bolalar uchun Python bo‘yicha dasturlashning qo‘shimcha materiallari va avtomatik tekshiruvga ega bo‘lgan tayyor topshiriqlar taqdim etiladi, ularni o‘quv jarayoniga oson integratsiya qilish mumkin bo‘ladi.

Biz uchun ta’lim sohasidagi loyihalarimiz o‘zbekistonliklarga IT sohasida rivojlanishning yangi imkoniyatlarini yaratishi muhim. Shuning uchun biz turli shaharlarda dasturlash maktablari, amaliyot dasturlari va intensivlar ochmoqdamiz, yangi kurslar esa turli hududlardagi ko‘plab informatika o‘qituvchilariga yuqori sifatli zamonaviy o‘quv materiallaridan foydalanishni osonlashtiradi”, deb izoh berdi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.

Yandex Uzbekistan bilan hamkorlik bizga zamonaviy ta’lim usullarini joriy etish va o‘qituvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish imkonini bermoqda. Ishonamizki, ushbu kurslar mamlakatimizdagi ta’lim jarayonini yaxshilashda muhim qadam bo‘ladi. Bu loyiha nafaqat informatika o‘qituvchilariga kasbiy rivojlanishda yordam beradi, balki O‘zbekiston ta’lim tizimini umumiy modernizatsiya qilishga ham hissa qo‘shadi va kelajakdagi muammolarga tayyor bo‘lgan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga yordam beradi”, deydi A. Avloniy nomidagi Milliy ilmiy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov.

*Mazkur kurslar – ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan materiallar bo‘lib, ta’lim dasturi hisoblanmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish tizimiga neyrotarmoqlar bo‘yicha kurslar qo‘shildi